Vaydel Germaniyani AQSh ortidan Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirdi

Dunyo

«Muqobil Germaniya uchun» (AfD) partiyasi hamraisi Alisa Vaydel Germaniya hukumatini AQShdan o‘rnak olib, Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga chaqirdi. Bundestag minbaridan so‘zlagan siyosatchi Berlinni Rossiya bilan harbiy ritorika va qarama-qarshilikni kuchaytirishda aybladi.

Vaydel Germaniyani AQSh ortidan Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirdi
Vaydelning so‘zlariga ko‘ra, Vashington harbiy mojaroni tugatishga navbatdagi urinishni amalga oshirayotgan bir paytda, Germaniya hukumati, aksincha, «harbiy targ‘ibotni kuchaytirmoqda va Rossiya bilan qarama-qarshilikni avj oldirmoqda».

«Siz hatto o‘z siyosatingizning halokatli natijalaridan e’tiborni chalg‘itish uchun so‘nggi ko‘priklarni ham yo‘q qilyapsiz. Nihoyat, AQSh qilayotganidek, tinchlik muzokaralariga o‘ting», — dedi siyosatchi.

Vaydel Germaniya hukumatining energetika siyosatini ham keskin tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, energetik o‘tish fuqarolar va kompaniyalar uchun xarajatlarni oshirib, energiya narxlarining yuqoriligi hamda deindustrializatsiyaning tezlashishiga olib kelmoqda.

«Energetik o‘tish — bu yo‘qotilgan va behuda sarflangan mablag‘lar», — deya ta’kidladi AfD yetakchisi. U Germaniyada yuqori energiya narxlari, yemirilayotgan infratuzilma va kengayayotgan byurokratiya kuzatilayotganini, iqtisodiyot esa ortiqcha xarajatlar, soliqlar va yig‘imlar bosimi ostida qolayotganini aytdi.

Avvalroq Axios manbalarga tayanib, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner Vladimir Zelenskiyga Ukraina bo‘yicha muzokaralarda qishgacha yutuqqa erishishni maqsad qilganini bildirgani haqida xabar bergan edi. 5 sentabr kuni Uitkoff va Kushner Moskvaga borib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan, 6 sentabrda esa Kiyevda Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing