O‘zbekiston va Fraungofer jamiyati fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston va amaliy tadqiqotlar sohasidagi Germaniyaning yetakchi ilmiy birlashmalaridan biri bo‘lgan Fraungofer jamiyati fan, texnologiyalar va innovatsiyalar yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi. Tomonlar qo‘shma loyihalar, texnologiyalar transferi hamda ilmiy ishlanmalarni sanoat ishlab chiqarishiga joriy etish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Fraungofer ishlab chiqarish tizimlari va konstruktiv texnologiyalar instituti (Fraunhofer IPK) direktori Xolger Kol va PROJECHT M Foundation Germany jamg‘armasi raisi Mayk de Vris bilan uchrashdi.
Muzokaralarda O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ham qatnashdi. Ishtirokchilar amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish, universitetlar va sanoat korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, texnologiyalar transferi mexanizmlarini takomillashtirish hamda sanoatni raqamlashtirish bo‘yicha takliflarini taqdim etdi.
Kongratbay Sharipov nemis hamkorlariga oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. Ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, universitetlar va sanoat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, texnologiyalar transferini takomillashtirish va raqobatbardosh innovatsion ekotizimni shakllantirish ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.
Yosh tadqiqotchilarning akademik va ilmiy mobilligi, qo‘shma ilmiy va innovatsion loyihalar, sanoatni raqamlashtirish, suv texnologiyalari va yashil energetikaga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bazasida zamonaviy laboratoriyalar va kompetensiya markazlarini tashkil etish, robototexnika va sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda spin-off kompaniyalarni rivojlantirish istiqbollarini ham muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy fan, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Powered by Froala Editor