Yaponiyada rekord darajadagi yomg‘irlar: Nagoyada 2 million aholi evakuatsiya qilinmoqda
Dunyo
Yaponiyaning Aichi prefekturasida kuchli yomg‘irlar ikkinchi kundirki davom etmoqda. Nagoya shahrida soatiga 104,5 mm yog‘in qayd etilib, tarixiy rekord o‘rnatildi. Suv toshqini xavfi sabab shahar rasmiylari qariyb 2 million aholini evakuatsiya qilmoqda.
Rekord Nagoya meteorologiya observatoriyasi tomonidan 8-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 15:53 dan 16:53 gacha qayd etilgan. Avvalgi maksimal ko‘rsatkich 97 mm bo‘lib, u 2000-yil 11-sentabr kuni Tokay hududida qayd etilgan.
Nagoyaning markaziy Sakae tumanida yo‘llarni suv bosdi, suv sathi tizzagacha ko‘tarildi. Tig‘iz vaqtda poyezdlar, avtobuslar va metropoliten qatnovi, jumladan JR, Meitetsu va Nagoya munitsipal metrosi faoliyati to‘xtatildi. Nagoya vokzali va boshqa joylarda uyiga qayta olmagan odamlar uchun vaqtinchalik joylashtirish punktlari tashkil etildi.
Yaponiya meteorologiya xizmati Shonay daryosi uchun «beshinchi darajadagi suv toshqini bo‘yicha maxsus ogohlantirish» e’lon qildi. Chubu mintaqaviy rivojlanish byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, prefektura hukumati tasarrufidagi 15 ta yerosti o‘tish joyidan ikkitasi suv ostida qolgan. Hozircha jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Xavf saqlanib qolmoqda: meteorologlar 9 va 10-sentabr kunlari kuchli yomg‘irlar davom etishini kutmoqda. 9-sentabr soat 18:00 gacha ayrim hududlarda 24 soat ichida 200 mm gacha, 10-sentabr soat 18:00 gacha esa yana 80 mm gacha yog‘in tushishi kutilmoqda.
Agar yog‘inlar chiziqli hududda shakllansa, ayrim joylarda yog‘ingarchilik miqdori yanada ortishi mumkin.

Powered by Froala Editor