Muhammadzohid Suyarov Grenke Open turnirini zabt etdi
Sport
O‘zbekiston shaxmat maktabi yana bir bor butun dunyoni hayratda qoldirdi. 17 yoshli xalqaro usta Muhammadzohid Suyarov Germaniyada o‘tkazilgan nufuzli Grenke Chess Open 2026 turnirining sensatsion g‘olibiga aylandi. U minglab ishtirokchilar va unvonli grossmeysterlarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Karlsrue shahridagi 3500 dan ortiq shaxmatchini jamlagan ushbu turnir sayyoramizdagi eng yirik festivallardan biri sanaladi. “A” seksiyasida ishtirok etgan Suyarov (FIDE reytingi — 2514) klassik formatda ajoyib natija ko‘rsatdi. Yosh shaxmatchi 9 tur davomida biror marta mag‘lubiyatga uchramay, 8 ochko jamg‘ardi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga u birinchi o‘rinni egalladi va 20 ming yevro miqdoridagi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Yakuniy jadvalda o‘zbekistonlik shaxmatchi reytingi va unvoni o‘zinikidan ancha yuqori bo‘lgan ko‘plab raqiblarini ortda qoldirgani alohida e’tirofga loyiq.
Shu bilan birga, Grenke Freestyle Chess (Fisher shaxmati) yo‘nalishida O‘zbekiston terma jamoasining boshqa a’zolari ham ishtirok etishdi. Nodirbek Abdusattorov 7-o‘rinni, Nodirbek Yaqubboyev 11-o‘rinni, Shamsiddin Vohidov esa 18-o‘rinni egalladi. Ushbu yo‘nalishda germaniyalik Vinsent Keymer g‘olib bo‘ldi, u Maksim Vashye-Lagrav va afsonaviy Magnus Karlsenni ortda qoldirdi.

Powered by Froala Editor