O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirmoqda

O'zbekiston

Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “Yangi O‘zbekiston — ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat” mavzusidagi davra suhbati ishtirokchilari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirmoqda
Uchrashuvda britaniyalik biznes doiralarining vakillari ishtirok etdi. Saida Mirziyoyeva ta’kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekiston Buyuk Britaniya biznesi uchun tobora jozibador mamlakatga aylanmoqda — yurtimizda 270 dan ortiq britaniyalik kompaniyalar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

«Britaniyalik hamkorlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganidan mamnunman va ularning iqtisodiyotimizdagi ishtiroki yanada kengayishiga ishonaman», — dedi Mirziyoyeva.

Mazkur ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva rasmiy kanalida e’lon qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing