Kamilov Abdugani Abdunabievich “Dori-Darmon” AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
O'zbekiston
"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi kuzatuv kengashi qarori bilan Kamilov Abdug‘ani Abdunabiyevich kompaniya Boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Kamilov Abdug‘ani Abdunabiyevich 1981-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent farmatsevtika institutini, 2014-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
2004-yildan “Dori-Darmon” AK tizimida ish boshlagan va shu kunga qadar turli darajadagi va yukori mas’uliyat talab qiluvchi — savdo menejeri, savdo bo‘limi boshlig‘i, tijorat bo‘yicha direktor, Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
21-yillik tajribasi davomida kompaniya rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
"Dori-Darmon" jamoasi Kamilov Abdug‘ani Abdunabiyevichni ushbu yuqori ishonch ifodasi bo‘lgan tayinlov bilan muborakbod etar ekan, uning rahbarligi ostida kompaniya yanada muvaffaqiyatli rivojlanishiga ishonch bildiradi.

Powered by Froala Editor