Ayiq bilan olishgan Shahram jarimaga tortildi
O'zbekiston
Bundan bir necha kun oldin mashhur sportchi Shaxram G’iyosov jilovlangan ayiq bilan mashg’ulot o’tkazgani haqidagi videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik e’tiroziga sabab bo’lgan edi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi tomonidan ushbu holat o’rganib chiqildi. Sportchi Shahram G‘iyosov ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani uchun uzr so‘radi.
Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazib, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan bokschiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111- moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Unga ko’ra huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi.

Powered by Froala Editor