Aziz Abduhakamov Ekologiya bo‘yicha prezident maslahatchisi va Milliy qo‘mita raisi etib tayinlandi
O'zbekiston
Prezident farmoniga muvofiq, Aziz Abduhakamov O‘zbekiston prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda yangi tashkil etilgan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Milliy qo‘mita raisi etib tayinlandi.
U bungacha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimida faoliyat yuritgan edi. Prezident farmoniga ko‘ra, Ekologiya vazirligi Prezidentga bo‘ysunuvchi Ekologiya qo‘mitasiga aylantirildi.
Powered by Froala Editor