BAAdagi qotillik sabab Tashqi ishlar vaziri Isroil elchisini qabul qildi
O'zbekiston
24-noyabr kuni Isroil-Moldova fuqarosi Zvi Kogan o‘ldirib ketilgan edi. Ushbu jinoyatda gumon qilinayotgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingan. BAA hukumati gumonlanuvchilarning shaxsini oshkor qildi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida vazir Zvi Koganning vafoti munosabati bilan Isroilning muhtor va favqulodda elchisiga chuqur hamdardlik izhor qildi.
"O‘zbekiston xalqi barcha din va millat vakillariga doimo do‘stona munosabatda bo‘lgan. Biz hech qachon millatchilikning biror ko‘rinishiga toqat qilmaganmiz va bundan keyin ham toqat qilmaymiz", — dedi Baxtiyor Saidov.
Suhbat davomida shuningdek, terrorizm va ekstremizm chegara va millat tanlamasligi ta’kidlandi. O‘zbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil rasmiy idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor