Bahrayn-2025: O‘zbekiston yengil atletikasida 4 ta medal qo‘lga kiritdi
Sport
Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari navbatdagi muvaffaqiyatlarga erishdi. Yengil atletika musobaqalarida hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Bahrayn-2025 Osiyo yoshlar o‘yinlarida o‘z ishtirokini muvaffaqiyat bilan davom ettirmoqda. Bugungi yengil atletika bahslarida sportchilarimiz jami 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Oltin medal – Nazmina Rahimjonova (1500 metr).
Kumush medal – Muhammadaziz Nosirov (bosqon uloqtirish) va Shahzodbek Xolmurodov (uch hatlab sakrash).
Bronza medal – Shodiyona Rahmonova (100 metrga to‘siqlar osha yugurish).
Bu natijalar O‘zbekiston jamoasining umumiy hisobdagi muvaffaqiyatlarini yanada mustahkamladi. Bugun sportchilarimiz boks, muay-tay, MMA, taekvondo, voleybol, futzal, gandbol, velosport va ot sporti yo‘nalishlarida ham ishtirok etishadi.

Powered by Froala Editor