Barak va Mishel Obama Kamala Harrisning prezidentlikka nomzodini qo'llab-quvvatladi

Dunyo

Barak Obama va uning rafiqasi Mishel 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida Kamala Harrisni nomzod sifatida qo‘llab-quvvatladilar. Sobiq AQSh prezidenti Harrisning Oq uyga kirishiga barcha imkoniyatlarni ishga solishini va'da qildi. Kecha amaldagi prezident Bayden millatga murojaatida yangi avlodga yo'l berish uchun prezidentlik poygasidan chiqqanini e'lon qildi.

Barak va Mishel Obama Kamala Harrisning prezidentlikka nomzodini qo'llab-quvvatladi
Sobiq AQSh prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel 2024 yil noyabr oyida bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarida vitse-prezident Kamala Harrisni nomzod sifatida qo‘llab-quvvatladilar. Bu haqda xabar Harrisning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi.

"Men uchun sizning qo'llab-quvvatlashingiz juda muhim, Mishel Obama va Barak Obama. Ishni boshlaylik," - deb yozdi vitse-prezident, Obama juftligi bilan telefon orqali suhbatlashgan videosini qo'shib.

Sobiq prezident Obama Harrisga uning nomzodini g'urur bilan qo'llab-quvvatlashini va Oq uyga kirishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini aytdi. Uning rafiqasi esa Harrisning saylov kampaniyasi "tarixiy bo'lishiga" ishonch bildirdi.

Amaldagi prezident AQSh prezidenti Jo Bayden kecha millatga murojaat qilganida, prezidentlik poygasidan chiqish qarorini tushuntirdi. Oq uydagi ofisida o‘tirgan Bayden “ikkinchi muddatga loyiq” ekanini aytdi, lekin shaxsiy ambitsiyalarni demokratiyadan ustun qo‘ymaslik kerakligini ta’kidladi. "Men estafetani yangi avlodga topshirishga qaror qildim, bu xalqimizni birlashtirishning eng yaxshi yo'li," - dedi Bayden.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing