Bahromjon G‘oziyev jahon konkur sportining markazlaridan biri — Stephex Stables’ga tashrif buyurdi

Sport

O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziyev jahon chempionati doirasida Belgiyadagi Stephex Stables majmuasiga tashrif buyurib, Stephex Group asoschisi Stefan Konter bilan uchrashdi. Tashrif zamonaviy xalqaro ot sportining yirik markazlaridan biri tajribasi bilan tanishishga qaratildi.

Bahromjon G‘oziyev jahon konkur sportining markazlaridan biri — Stephex Stables’ga tashrif buyurdi
Stephex Group ot sporti va maxsus transport bilan bog‘liq bir nechta yo‘nalishlarni birlashtiradi. Guruh ot tashuvchi transport vositalari ishlab chiqarish, sport otlari bilan ishlash, xalqaro musobaqalarni tashkil etish va auksion faoliyatini rivojlantiradi. Kompaniya tarkibiga Stephex Horsetrucks, Stephex Stables, Stephex Events va Stephex Auction kabi yo‘nalishlar kiradi.


Stephex Stables sport tarixida olimpiyachi Erik Lamaze va Hickstead laqabli ot alohida o‘rin tutadi. Ular 2008 yilgi Gonkong Olimpiadasida individual bahslarda oltin, jamoaviy musobaqalarda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Stephex xalqaro musobaqalarni ham tashkil etadi, jumladan Brussels Stephex Masters va Knokke Hippique. Ushbu tadbirlar dasturidan yuqori xalqaro darajadagi, shu jumladan besh yulduzli musobaqalar o‘rin olgan.

Stephex Group bosh ofisi Bryussel shimolidagi Meise hududida, Stephex Stables infratuzilmasi yaqinida joylashgan.

Bahromjon G‘oziyevning tashrifi ot sporti, sport otlarini tayyorlash, xalqaro musobaqalarni tashkil etish va maxsus transport ishlab chiqarishni birlashtirgan xalqaro kompaniya tajribasi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing