Baxtiyor Saidov Xitoy Raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi
Siyosat
Tashqi ishlar vazirligi rahbariga koʻra, O‘zbekiston va Xitoy buyuk tarixiy meros hamda barqaror rivojlanishga qaratilgan mushtarak maqsadlarga ega.
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o‘rinbosari Xan Chjen O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Saidov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Rahbarlarimiz o‘rtasida yaqin do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlar barcha sohalarda yuqori sur’atlarda rivojlanayotganini yana bir bor ta’kidladik. O‘zbekiston va Xitoy buyuk tarixiy meros va barqaror rivojlanishga qaratilgan mushtarak maqsadlarga ega”, deb yozgan u.
Unga ko‘ra, so‘nggi yillarda boshqa sohalar qatori savdo aloqalari va investitsiyaviy hamkorlik ko‘proq ish o‘rinlari va texnologik jihatdan rivojlangan iqtisodiyot yaratishga yo‘naltirilgan darajaga ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19-noyabrdan beri Xitoyda bo‘lib turibdi.

Powered by Froala Editor