Qatar Trampga 400 mln dollarlik layner sovg‘a qilmoqda

Dunyo

Donald Tramp ma’muriyati Qatardan 400 million dollarlik hashamatli Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a sifatida qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Samolyotdan Air Force One’ning vaqtinchalik o‘rnini bosuvchi sifatida foydalanish rejalashtirilgan, ammo demokratlar allaqachon uni Konstitutsiyani buzishda ayblamoqda.

Qatar Trampga 400 mln dollarlik layner sovg‘a qilmoqda
Qatar qirollik oilasi deyarli yangi Boeing 747-8 samolyotini transfer qilishni taklif qilmoqda, u qayta jihozlangandan so‘ng prezident borti vazifasini bajara oladi. Prezidentlik muddati tugagach, layner Tramp kutubxonasiga topshiriladi. AQSH harbiy-havo kuchlari esa yetkazib berish 2027-yilgacha kechiktirilgan ikkita yangi Boeing 747-8 samolyotini kutishda davom etmoqda.

Demokratlar bu imo-ishorani keskin qoraladilar. Senatdagi ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer buni "xorijiy davlat aralashuvi" deb atadi va Kongress tasdig‘isiz bunday sovg‘alarni konstitutsiyada taqiqlanganini eslatdi.

Tramp esa o‘z uslubida tanqidlarga javob qaytardi. "Mudofaa vazirligi 40 yillik Air Force One samolyotini almashtirish uchun BEPUL samolyot oladi, sotqin demokratlar esa buning uchun yuzlab million to‘lashimizni istaydi," - deb yozdi u Truth Social’da.

Vaziyat Trampning shu hafta Qatarga rejalashtirilgan tashrifi bilan murakkablashmoqda. Samolyot masalasi rasman muhokama qilinmasa-da, korrupsiyaga qarshi kurashga ixtisoslashgan CREW tashkilotining sobiq xodimi Jordan Libovits xorijiy davlatlar qimmatbaho sovg‘alar orqali imtiyozli mavqega ega bo‘lish xavfi  haqida ogohlantirmoqda. Oq uy huquqshunoslari esa bitimning qonuniyligini ta’kidlamoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing