AGMKda yangi mis giganti ishga tushdi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qiymati 2,7 milliard dollar bo‘lgan uchinchi mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha so‘nggi yillardagi eng yirik sanoat loyihalaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonda sanoat, energetika, infratuzilma va xizmat ko‘rsatish sohalarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda. Ramazon hayiti va Navro‘z bayramlari arafasida mamlakatning turli hududlarida yangi korxonalar, turar-joy majmualari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, shuningdek turizm hamda madaniyat obyektlari foydalanishga topshirilmoqda.
Shunday muhim loyihalardan biri Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida uchinchi mis boyitish fabrikasining ishga tushirilishi bo‘ldi. Ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Davlat rahbari amalga oshirilayotgan loyihalar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Qiymati 2,7 milliard dollar bo‘lgan yangi sanoat majmuasi zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan bo‘lib, xomashyoni qayta ishlash hajmini sezilarli darajada oshirish, mis qazib olish samaradorligini kuchaytirish va mamlakat sanoat salohiyatini mustahkamlash imkonini beradi.
Mazkur loyiha kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning eksport salohiyatini kengaytirishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor