TDTUda yangi Startup-hab ochildi va “OTM kubogi”ga start berildi
O'zbekiston
Toshkent davlat texnika universiteti (TDTU) mamlakatning asosiy texnologik maydoniga aylandi. “Muhandislik oyi” doirasida bu yerda eng iqtidorli yosh ixtirochilarni aniqlashga qaratilgan, sovrin jamg‘armasi 100 million so‘m bo‘lgan muhtasham “OTM kubogi” tanloviga start berildi.
9-aprel kuni universitet rektori, akademik Sadriddin Turabdjanov rahbarligida o‘tgan tantanali ochilish marosimi nafaqat musobaqalarning boshlanishi, balki yangi innovatsion infratuzilmaning taqdimoti bilan ham yodda qoldi. Universitetda zamonaviy Startup hub va Coworking markazlari o‘z faoliyatini boshladi. Tadbirning faxriy mehmonlari — Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev yangi markazlar faoliyati bilan tanishib, talabalarning ishlanmalariga yuqori baho berdilar.
Tanlovning bellashuv dasturi fan va texnikaning eng ilg‘or yo‘nalishlarini qamrab olgan. Talabalar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini namoyish etmoqdalar:
Dronlar va robototexnika: loyihalash va Drone racingdan tortib, noyob dron-futbol va suv robotlarigacha.
Raqamli texnologiyalar: 3D-modellashtirish, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik.
Yangi markazlar va “OTM kubogi” tanlovi TDTUda talabalar g‘oyalari chizmalardan real biznes-loyihalarga aylanishi mumkin bo‘lgan noyob ekotizimni yaratmoqda. Ekspertlarning fikricha, bunday tashabbuslar O‘zbekistonning muhandislik elitasini tayyorlashda muhim drayver bo‘lib xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor