Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida tarix yaratmoqda
Sport
Jahon shaxmat olami ulkan sensatsiya arafasida turibdi: o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Nomzodlar turniridagi g‘alabaga juda yaqin keldi. Uning hozirgi natijasi shaxmat tarixidagi eng hayratlanarli yutuqlardan biri sifatida baholanmoqda va afsonaviy Robert Fisharning yutuqlariga qiyoslanmoqda.
O‘tkazilgan 10 turdan so‘ng Sindarov 8 ochko jamg‘arib, yaqqol peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. Rossiya shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Sergey Smagin “RIA Novosti”ga bergan intervyusida yosh shaxmatchining muvaffaqiyati bir necha omillarning noyob uyg‘unligi bilan bog‘liqligini ta’kidladi: bular — fenomenal o‘yin uslubi, a’lo darajadagi jismoniy tayyorgarlik va raqiblarga nisbatan misli ko‘rilmagan psixologik bosim.
Ekspertlar Sindarovning o‘ziga xos uslubiga e’tibor qaratishmoqda — u raqiblarini partiyaning eng muhim pallalarida tushunarsiz xatolarga yo‘l qo‘yishga majbur qilmoqda. Nomzodlar turnirida barcha omillar uning foydasiga ishladi: o‘zbekistonlik grossmeyster nafaqat yuksak texnika, balki hatto dunyoning eng nomdor shaxmatchilarini ham dovdiratib qo‘yadigan psixologik ustunlikni namoyish etmoqda. Tarixiy g‘alabaga sanoqli qadamlar qoldi va bu jahon shaxmat elitasidagi kuchlar nisbatini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Powered by Froala Editor