Bayden Isroilga yordam ko'rsatish loyihasiga veto qo'yadi
Siyosat
AQSh kongressmenlari guruhi Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatmasdan turib, Isroilga 17,6 milliard dollar ajratishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etgan.
AQSh prezidenti Jozef Bayden Isroilga yordam ajratish haqidagi qonun loyihasiga veto qo'yadi. Bu haqda Oq uy boshqaruv va byudjet departamenti tomonidan tarqatilgan yozma bayonotda ma’lum qilindi.
“Agar bu qonun loyihasi prezidentga taqdim etilsa, u veto qo‘yadi. Ma'muriyat Kongressning ikkala palatasini bu siyosiy hiyla-nayrangni rad etishga va buning o'rniga milliy xavfsizlikni qo'shimcha mablag' bilan ta'minlash uchun ikki partiyaviy qonun loyihasini tezda prezident stoliga yuborishga chaqirmoqda. Amerika maʼmuriyati bunday qonun loyihasiga keskin qarshi, chunki u chegarani himoya qilish yoki Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun hech narsa qilmaydi”, deyiladi bayonotda.
AQSh kongressmenlari guruhi Ukrainaga qo‘shimcha yordam ko‘rsatmasdan turib, Isroilga 17,6 milliard dollar ajratishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etgan edi. Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning aytishicha, qonunchilar shu hafta tashabbusga ovoz berishadi.

Powered by Froala Editor