O‘zbekiston Turkiyadan “Bayraktar TB2” jangovar dronini olgan
O'zbekiston
Kecha Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevga “Bayraktar TB2” razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparatining parvozi namoyish etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 16-noyabr kuni Prezident Surxondaryo viloyatidagi harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, chegarani qo‘riqlashda qo‘llanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalarni ko‘zdan kechirgan. Bunda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati alohida ta’kidlangan, ularni ishlab chiqarish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevga Qurolli Kuchlarning salohiyatini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning shayligi, zamonaviy qurol-aslahalar, uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilgan.
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoniga, xususan, “Bayraktar TB2” razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparatining parvozi namoyish etilgan.

Powered by Froala Editor