Prezident O‘zbekiston bayrog‘idan foydalanilishi mumkin bo‘lgan holatlarni kengaytiruvchi qonunni imzoladi
O'zbekiston
O‘zbekiston Davlat bayrog‘ining foydalanilishi mumkin bo‘lgan holatlar kengaymoqda, jumladan, bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek, transport salonida qo‘llash mumkin bo'ldi. Bundan tashqari, qonunda bayroqqa nisbatan hurmatsizlik holatlari aniq belgilandi.
Prezident "O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida"gi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonunni imzoladi, deya xabar beradi 8 iyul kuni Adliya vazirligining Telegram kanali.
Qonun bilan davlat bayrog’idan foydalanishi mumkin bo’lgan holatlar kengaytirildi, jumladan:
• bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolarda, yashash yoki ish joylarida, transport salonida;
• bayroqdan sport musobaqalari, ommaviy, tantanali va madaniy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarni nishonlashda, jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida;
• xalqaro sport musobaqalari hamda O’zbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlash uchun bayroqning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanish mumkin.
Shuningdek, Qonun bilan baroqqa nisbatan hurmatsizlik qilish holatlari aniq belgilanadi:
• biror-bir narsa uchun ustki yopinchiq sifatida foydalanish;
• stollarga, o’rindiqlarga, stullarga to’shash yoki tasvirlash, undan qoplama sifatida foydalanish, o’tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to’shash yoki tasvirlash;
• kiyim-kechak, dastro’mol yoki ko’rpa-to’shak sifatida, buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanish;
• bayroq tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastro’mol, ko’rpa-to’shak, ichki kiyim-kechakka, sochiqlarga, qutilarga (o’rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo’ljallangan buyumlarga bosib chiqarish yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushurish;
• bayroq va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda foydalanish mumkin emas.
Davlat bayrog’idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan belgilangan talablarga muvofiq foydalanish uchun mas’uliyat bayroqdan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar, davlat organlari zimmasiga yuklatiladi.
Qonun 8 iyulda kuchga kirdi.

Powered by Froala Editor