Behruz Karimov faoliyatini Shveytsariyaning «Lugano» klubida davom ettiradi

Sport

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov Termizning «Surxon» klubidan Shveytsariyaning «Lugano» jamoasiga o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

Behruz Karimov faoliyatini Shveytsariyaning «Lugano» klubida davom ettiradi
19 yoshli futbolchi 2007-yil 7-avgustda tug‘ilgan. U Odil Junior akademiyasida tahsil olgan, keyinchalik Toshkentning «Olimpik» jamoasida o‘ynagan va 2025-yil fevralidan «Surxon» sharafini himoya qilgan. 2026-yilgi jahon chempionatida Karimov O‘zbekiston terma jamoasining Kolumbiya va Portugaliyaga qarshi uchrashuvlarida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

1908-yilda tashkil etilgan «Lugano» Shveytsariyaning tarixiy futbol klublaridan biri hisoblanadi. Jamoa mamlakat chempionatida uch marta, Shveytsariya kubogida esa to‘rt marta g‘olib chiqqan. 2025/26-yilgi mavsum yakunida klub chempionatda uchinchi o‘rinni egallab, UEFA Konferensiyalar ligasi saralashida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Karimovning transferi jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng uning Yevropa klub futbolidagi ilk faoliyat bosqichi bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing