Belarus Oʻzbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini $1 milliardgacha oshirishga tayyor

Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 11-aprel kuni Minskda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Belarus Oʻzbekiston bilan tovar ayirboshlash hajmini $1 milliardgacha oshirishga tayyor
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashuvda Toshkentga ShHTga a’zo bo‘lishda ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

"O’shanda oʻz oldimizga milliard dollarlik tovar aylanmasiga erishish kabi ulkan rejalarni belgilab olgan edik. Oʻylaymanki, bizda chekinishga vaqtimiz yoʻq va bunga hojat ham yoʻq", — deya Lukashenkoning so'zlarini keltirdi uning matbuot xizmati.

Lukashenko Belarus tomoni O‘zbekistondagi hamkorlariga yaxshi munosabatda ekanini va hamisha shunday bo‘lishini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Baxtiyor Saidov Belarus rahbariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ezgu tilaklarini yetkazdi.

"Bugun Minskda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Janobi Oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan mamnunmiz. Belarus rahbariga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. Doʻstlik va oʻzaro hurmatga asoslangan hamkorligimiz O’zbekiston-Belarus kun tartibining barcha jabhalarida jadal rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi”, — deb yozdi u oʻzining Telegram-kanalida.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Lukashenkoning Toshkentga tashrifini tarixiy deb atadi va O‘zbekiston tomoni Minsk bilan munosabatlar darajasini oshirishga tayyorligiga ishontirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning ikki oyi davomida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $86 milliondan oshdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing