Centrum Air Krasnodarga ilk reysni amalga oshirdi
O'zbekiston
17-iyun kuni Centrum Air Toshkent — Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha ilk reysni amalga oshirdi. Yangi yo‘nalish aviakompaniya marshrutlar tarmog‘ini rivojlantirishdagi muhim qadam bo‘lib, O‘zbekiston va Rossiyaning janubidagi eng yirik shaharlardan biri o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.
Krasnodar aeroportida ilk reys yangi yo‘nalish boshlanishining ramzi sifatida aviatsiyaning eng yaxshi an’analari — tantanali suv arkasi, shuningdek mehmonlar uchun esdalik sovg‘alari va shirinliklar bilan kutib olindi.
Reyslar chorshanba kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Krasnodar jadal rivojlanayotgan shahar bo‘lib, Forbes tomonidan uch marta Rossiyada biznes yuritish uchun eng yaxshi shahar deb e’tirof etilgan. U ishbilarmonlar va sayyohlar uchun birdek qiziqarli: bu yerda mashhur Galitskiy bog‘i joylashgan, Qora dengiz va Azov dengizi sohillarigacha esa yuz kilometrdan sal ko‘proq masofa bor.
Aviachiptalar narxi bir tomonga 1 600 000 so‘mdan boshlanadi.
Chiptalarni quyidagi manzillardan xarid qilish mumkin:
– rasmiy centrum-air.com sayti
– Centrum Air mobil ilovasi (App Store va Google Play)

Powered by Froala Editor