Ispaniya Belgiyani mag‘lub etib, jahon chempionati yarim finalida Fransiyaga yo‘l oldi
Sport
Ispaniya jahon chempionatining ikkinchi yarim finalchisiga aylandi. Chorak finalda Belgiya 2:1 hisobida mag‘lub etildi. G‘alaba golini yana zaxiradan maydonga tushgan Mikel Merino urib, ketma-ket ikkinchi pley-off uchrashuvida jamoasiga hal qiluvchi g‘alabani taqdim etdi.
Uchrashuv boshidanoq Ispaniya tashabbusni qo‘lga oldi, to‘p nazoratini o‘zida saqlab, Belgiya darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratdi. Luis de la Fuente shogirdlarining ustunligi Fabian Ruisning goli bilan o‘z ifodasini topdi. U Tibo Kurtuaning qaytargan zarbasidan so‘ng birinchi bo‘lib to‘pni darvozaga yo‘lladi.
Shunga qaramay, Belgiya muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Sharl de Ketelare bosh bilan aniq zarba yo‘llab, Ispaniyaning turnirdagi 580 daqiqalik “quruq” seriyasiga yakun yasadi va uchrashuvdagi intriganing saqlanib qolishiga sabab bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda ham Ispaniya hujumlarni davom ettirdi, biroq uzoq vaqt davomida imkoniyatlardan foydalana olmadi. Bahs taqdiri uchrashuv oxirida hal bo‘ldi. Zaxiradan maydonga tushgan Mikel Merino Pau Kubarsining zarbasidan qaytgan to‘pni darvozaga yo‘llab, jamoasini yarim finalga olib chiqdi.
Endilikda Ispaniya 14-iyul kuni Fransiyaga qarshi yarim final uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs g‘olibi jahon chempionati finaliga yo‘l oladi.

Powered by Froala Editor