Tramp suiqasd sodir etilsa, Eronga minglab raketalar bilan javob berishini aytdi
Dunyo
Donald Tramp amaldagi AQSh prezidentiga suiqasd uyushtirilgan taqdirda Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi keng ko‘lamli raketa zarbasi berishga tayyorligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli buyruqlar allaqachon berilgan va Tehron tomonidan amalga oshiriladigan har qanday bunday harakat zudlik bilan qat’iy javobga sabab bo‘ladi.
Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi murojaatida Tramp «mingta raketa» allaqachon qo‘llashga tayyor va Eronga yo‘naltirilganini, zarurat tug‘ilganda esa yana minglab raketalar ishga tushirilishini bildirdi. Shuningdek, u AQSh Qurolli kuchlari bir yil ichida Eronning harbiy infratuzilmasini butunlay yo‘q qilish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Eron tomonidan o‘ziga suiqasd uyushtirilishi mumkinligini aytgan edi, biroq bu da’volarni tasdiqlovchi dalillarni ommaga taqdim etmadi.
Shu bilan birga, The Wall Street Journal nashri Isroil AQShga Donald Trampga qarshi ehtimoliy suiqasd tayyorlanayotgani haqidagi razvedka ma’lumotlarini taqdim etganini xabar qilgan. Mazkur ma’lumot AQSh va Eron rasmiylari tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Powered by Froala Editor