O‘zbekistonlik olima «Motocognition» ishlanmasi uchun KIWIE-2026 oltin medalini qo‘lga kiritdi
O'zbekiston
Namangan davlat texnika universiteti professori Ozoda Abdullayeva Janubiy Koreyada o‘tkazilgan KIWIE-2026 xalqaro tanlovida oltin medal bilan taqdirlandi. Mukofot olimaning «Motocognition» innovatsion ishlanmasiga berildi. Tanlov 2026-yil 16–18-iyul kunlari Seul shahrida bo‘lib o‘tdi.
KIWIE — Korea International Women’s Invention Exposition — turli mamlakatlardan ayol ixtirochilar va innovatorlarni birlashtiruvchi xalqaro tanlovdir. Tadbir doirasida ilmiy-texnik ishlanmalar va innovatsion g‘oyalar xalqaro ekspertlar tomonidan baholanadi.
Rasmiy natijalarga ko‘ra, Ozoda Abdullayeva tomonidan taqdim etilgan «Motocognition» ishlanmasi oltin medalga sazovor bo‘lgan. Mazkur mukofot olimaning ilmiy va innovatsion faoliyati natijasi hamda uning ishlanmasining xalqaro miqyosdagi e’tirofi bo‘ldi.
2026-yilgi tanlovda jami 591 ta ishlanma, jumladan, 20 ta xorijiy davlatdan 454 ta ixtiro ishtirok etdi. Tadbir ayol ixtirochilar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni ilgari surish hamda yangi ilmiy-texnik yechimlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Qo‘lga kiritilgan mukofot Namangan davlat texnika universiteti vakilining ilmiy va innovatsion ishlanmalarni xalqaro maydonda namoyish etishga qo‘shgan hissini ham namoyon etadi.

Powered by Froala Editor