Bo‘rsakельmas sho‘rxoki YONAR xalqaro eksperimental san’at va kreativ turizm festivaliga mezbonlik qiladi

O'zbekiston

2026-yil 16–19-sentabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumanida xalqaro eksperimental san’at va kreativ turizm festivali — YONAR bo‘lib o‘tadi. Festival o‘tkaziladigan maskan Bo‘rsakельmas sho‘rxoki bo‘lib, unda zamonaviy san’at, kreativ industriyalar va turizm birlashtirilib, hududning tabiiy landshaftlari hamda turizm salohiyati xalqaro auditoriyaga namoyish etiladi.

Bo‘rsakельmas sho‘rxoki YONAR xalqaro eksperimental san’at va kreativ turizm festivaliga mezbonlik qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, festival xorijiy auditoriyani ham jalb etishga qaratilgan. Tadbir doirasida mahalliy va xorijiy OAV vakillari, blogerlar hamda kontent yaratuvchilar uchun axborot turlari tashkil etiladi.

Festival davomida tayyorlangan foto va videomateriallarni xalqaro hamda raqamli platformalarda targ‘ib qilish rejalashtirilgan. Bu Qoraqalpog‘istonning tabiiy hududlari va turizm imkoniyatlarini kengroq auditoriyaga tanishtirishga xizmat qiladi.

Festival hududida zarur infratuzilma yaratiladi. Jumladan, ichimlik suvi, umumiy ovqatlanish va sanitariya-gigiyena punktlari tashkil etilib, kamida 15 ta o‘tov o‘rnatiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing