NASA Space Apps Challenge Toshkentda besh yillik yubileyini nishonlaydi
Texnologiya
NASA International Space Apps Challenge 2026-yilda yana Toshkentda o‘tkaziladi va poytaxt ushbu xalqaro xakatonga beshinchi bor mezbonlik qiladi. Tadbir 14–15 noyabr kunlariga rejalashtirilgan bo‘lib, unda yosh, kasbiy tajriba yoki tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
NASA Space Apps Challenge — har yili o‘tkaziladigan eng yirik global xakaton bo‘lib, unda ishtirokchilar NASA va uning hamkorlari tomonidan taqdim etiladigan ochiq ma’lumotlardan foydalanib, fan va kosmosga oid real muammolarga yechimlar ishlab chiqadi. 2026-yilda tadbir dunyo bo‘ylab 450 dan ortiq oflayn va virtual mahalliy maydonlarda tashkil etiladi.
Ishtirokchilar dasturlash, muhandislik, dizayn, ma’lumotlarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar va boshqa yo‘nalishlardagi ko‘nikmalarini birlashtirishi mumkin. Vazifalar NASA mutaxassislari tomonidan ishlab chiqiladi va astrofizika, kosmik tadqiqotlar, dasturiy ta’minot yaratish, qishloq xo‘jaligi hamda ma’lumotlar bilan ishlash kabi mavzularni qamrab oladi.
2026-yilgi Space Apps doirasida NASA hamda 17 ta kosmik agentlik-hamkorning ochiq ma’lumotlaridan foydalaniladi. Ular orasida Yevropa kosmik agentligi, Yaponiya Aerokosmik tadqiqotlar agentligi (JAXA), Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO), Kanada kosmik agentligi va Turkiya kosmik agentligi bor.
Xakaton yakunida loyihalar ekspertlar tomonidan baholanadi va turli nominatsiyalar bo‘yicha 10 ta global g‘olib aniqlanadi. 2025-yilda Space Apps’da dunyo bo‘ylab 551 ta mahalliy tadbirda 114 mingdan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan.
NASA Space Apps Challenge 2026 uchun ro‘yxatdan o‘tish allaqachon boshlangan. Xakatonda ishtirok etish bepul bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tish tadbirning rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi.
NASA Space Apps Challenge ro‘yxatdan o‘tish sahifasi

Powered by Froala Editor