Pentagon noma’lum anomal hodisalar haqidagi yangi materiallarni e’lon qildi
Dunyo
Pentagon noma’lum anomal hodisalar (NUJ) bo‘yicha materiallarni e’lon qilishni davom ettirib, hujjatlar, videolar va tasvirlarning navbatdagi to‘plamini maxfiylikdan chiqardi. E’lon qilingan materiallar orasida NASA, Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA), Federal qidiruv byurosi (FBI) hamda AQSh Energetika vazirligi taqdim etgan ma’lumotlar ham mavjud.
Yangi to‘plam 40 ta fayldan iborat bo‘lib, ular 14 ta hujjat, 19 ta video, 4 ta audioyozuv va 3 ta tasvirni o‘z ichiga oladi. Materiallarning qariyb yarmi 2010-yil va undan keyingi davrga tegishli. E’lon qilingan videolarda harbiy kameralar tomonidan olingan infraqizil tasvirlar, shuningdek, Tinch okeanining g‘arbiy qismi, Atlantika va Yaqin Sharq osmonida qayd etilgan noma’lum obyektlar aks etgan.
Eng ko‘p e’tibor tortgan hujjatlardan birida 2015-yil sentabr oyida Texas shtatidagi Pantex yadroviy qurol ishlab chiqarish majmuasi ustida kuzatilgan noma’lum obyekt tasvirlangan. Hisobotga ko‘ra, ikki nafar ofitser obyektni ta’qib qilgan, biroq unga yetib bora olmagan. Kuzatuv davomida obyekt hech qanday shovqin chiqarmagani va durbin orqali ham unda harakatlantiruvchi qurilma belgilari aniqlanmagani qayd etilgan.
Mazkur nashr Pentagonning may oyida boshlangan noma’lum anomal hodisalar bo‘yicha materiallarni bosqichma-bosqich oshkor etish tashabbusining davomi bo‘ldi.

Powered by Froala Editor