Gruziya ilk bor NATO sammiti hamkorlari qatoriga kiritilmadi
Dunyo
Gruziyaning NATO sammitiga taklif etilgan hamkor davlatlar qatoridan joy olmagani mamlakat ichida keskin siyosiy munozaralarga sabab bo‘ldi. Muxolifat buni Tbilisining xalqaro maydondagi mavqei zaiflashayotganining belgisi sifatida baholamoqda, hukumat esa bunday talqinlarni rad etmoqda.
Avvalgi sammitlardan farqli ravishda, bu gal NATO Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Qatar, BAA va Ukrainani hamkor davlatlar sifatida taklif qildi. Gruziya esa ilk bor na sammitning rasmiy dasturiga, na xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan qo‘shimcha tadbirlar ro‘yxatiga kiritildi.
«Gruziya orzusi» partiyasi vakillari sammit formati Tbilisi ishtirokini nazarda tutmaganini bildirib, bu holatni mamlakatning xalqaro yakkalanishi sifatida baholash noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi. Gruziya Tashqi ishlar vazirligi esa vazir Maka Bochorishvili sammit bilan bir vaqtda o‘tkazilayotgan «Allies in Ankara» xalqaro tadbirida qatnashishini ma’lum qildi.
Muxolifat va ayrim siyosiy ekspertlar esa bu vaziyatni G‘arb hamkorlari ishonchining pasayishi hamda NATO va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarning murakkablashuvi bilan izohladi. NATOdagi sobiq elchi Levan Dolidze bunday holat mamlakatning Alyans va Yevropa Ittifoqi bilan aloqalariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini qayd etdi.
Shunga qaramay, Gruziya rahbariyati Yevropa integratsiyasi, mintaqaviy infratuzilma loyihalari va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi o‘zgarmaganini ta’kidlamoqda. NATO va Yevropa Ittifoqi bilan kelgusidagi hamkorlik mamlakat tashqi siyosatining asosiy masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Powered by Froala Editor