BMB HOLDING Yaponiya bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlamoqda
Biznes
BMB HOLDING xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirishda davom etib, yapon hamkorlari bilan yangi yo‘nalishlarni rivojlantirmoqda. Muzokaralar markazida qo‘shma investitsiya loyihalari, eksportni kengaytirish va O‘zbekiston mahsulotlarini Yaponiya bozoriga olib chiqish masalalari bo‘ldi.
10-iyul kuni BMB HOLDING vakillari Yaponiya–O‘zbekiston Savdo uyi prezidenti Bunyod Ibragimov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda Holdingning agrosanoat, logistika, qayta ishlash va eksport yo‘nalishlaridagi yirik loyihalari taqdim etildi. Shuningdek, agrotexnologiyalar, oziq-ovqat sanoati, “yashil” iqtisodiyot va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish sohalaridagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda ekologik toza qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yaponiya bozoriga yetkazib berish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Yaponiya tomoni BMB HOLDING ishlab chiqarayotgan za’faron, quruq mevalar va za’faron choyiga katta qiziqish bildirdi. Yakunda ushbu mahsulotlarning sinov partiyalarini Yaponiyaga eksport qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Tomonlar amaliy hamkorlikni izchil kengaytirish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Powered by Froala Editor