Belgiya fermerlari Mərkosur bitimiga qarshi yo‘llarni yopdi

Dunyo

Belgiya fermerlari Yevropa Ittifoqi va Janubiy Amerika davlatlarini birlashtirgan Mərkosur savdo bloki o‘rtasidagi erkin savdo bitimiga qarshi norozilik sifatida bir nechta avtomagistrallarni yopdi. Belga agentligi xabariga ko‘ra, aksiya Valloniya hududidagi muhim yo‘l nuqtalarida, qishki ob-havo sharoitlariga qaramay, traktorlar yordamida o‘tkazildi.

Belgiya fermerlari Mərkosur bitimiga qarshi yo‘llarni yopdi
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 16 ta yirik transport chorrahasi va chegaradagi o‘tish punktlari to‘sib qo‘yilgan. Norozilik namoyishlari YI yaqin kunlarda Mərkosur bilan savdo kelishuvini tasdiqlashi mumkinligi fonida kuchaydi.

Fermerlar Lotin Amerikasidan keladigan arzon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropa bozorini egallab olishi va bu mahsulotlar kamroq sanitariya hamda ekologik talablarga javob berishini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, bu holat yevropalik ishlab chiqaruvchilar savdosining pasayishiga olib keladi.

Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun kelgusi yetti yillik byudjet mablag‘laridan foydalanishni va’da qilganiga qaramay, fermerlarning pozitsiyasi o‘zgarmadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing