Panamadagi yirik yong‘in bir kishining umriga zomin bo‘ldi
Dunyo
Panamadagi yoqilg‘i terminalida sodir bo‘lgan kuchli portlash fojia bilan yakunlandi. Poytaxtning La-Boka tumanida, mashhur Amerika ko‘prigi yaqinida yonilg‘i sisternalari havoga uchdi. Hodisa oqibatida kompaniya xodimi halok bo‘ldi va shaharning barcha favqulodda xizmatlari oyoqqa turkazildi.
Favqulodda vaziyat mahalliy vaqt bilan soat 16:12 atrofida "Panama Oil Terminals S.A." kompaniyasiga qarashli yoqilg‘i parki hududida yuz bergan. O‘t o‘chirish xizmatining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan ishchi yong‘in va undan keyin sodir bo‘lgan portlash vaqtida alov ichida qolib ketgan. Yana bir necha kishi, jumladan terminal xodimlari va qutqaruvchilar turli darajadagi jarohatlar olgan, biroq hozirda ularning hayoti xavf ostida emas.
Panama prokuraturasi allaqachon keng ko‘lamli tergov ishlarini boshladi. Ish bilan poytaxt prokuraturasining qotilliklarni tergov qilish bo‘limi shug‘ullanmoqda. Mutaxassislar portlash texnik nosozlik yoki xodimlarning ehtiyotsizligi oqibatida kelib chiqqanini aniqlash uchun voqea joyini ko‘zdan kechirmoqda va guvohlarni so‘roq qilmoqda.

Powered by Froala Editor