25-avgust kuni O‘zbekistonda navbatdagi umumxalq “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
O'zbekiston
25-avgust kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi. Tashabbus transport chiqindilarini kamaytirish va ekologik toza harakatlanish vositalaridan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan.
Aksiya 2026-yil 25-martdagi Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Hujjatga ko‘ra, “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari har oyning 10- va 25-kunlarida o‘tkaziladi.
Aksiya kunlarida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari xodimlari xizmat va shaxsiy avtomobillaridan foydalanishdan voz kechib, jamoat transporti, velosiped va boshqa ekologik toza transport vositalarini tanlaydi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, tashabbus boshlanganidan buyon 1 730 dan ortiq xizmat va shaxsiy avtomobildan foydalanish cheklangan. Natijada atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilar hajmi o‘rtacha 17 370 kg ga kamaygan, shaharlardagi transport tirbandligi ham qisqargan.
Dasturning asosiy maqsadlari — atmosfera havosi sifatini yaxshilash, ekologik barqaror shahar muhitini shakllantirish hamda jamoat va ekologik toza transportdan foydalanishni ommalashtirish.
Qo‘mita davlat fuqarolik xizmatchilarining aksiya davrida avtomobildan foydalanishi qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.

Powered by Froala Editor