O‘zbekiston yetti oyda $32,9 mlrd xorijiy investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirdi
Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2026-yil yanvar–iyul oylarida $32,9 mlrd xorijiy investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirdi. Bu belgilangan ko‘rsatkichlarning 131,1 foizini tashkil etdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi $30,3 mlrdga yetdi.
Mamlakat hududlarida ushbu davrda $24,3 mlrd mablag‘ o‘zlashtirildi. Bu belgilangan parametrlarning 161,8 foiziga teng.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mas’ul idoralar hamda hududiy hokimliklar bilan birgalikda investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilish ishlarini davom ettirmoqda.
Erishilgan sur’atlarni saqlab qolish maqsadida loyiha tashabbuskorlari va xorijiy investorlar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda, loyihalar doimiy monitoring qilinib, yuzaga kelayotgan masalalar tezkor hal etilmoqda.
Shuningdek, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Powered by Froala Editor