Bellingem va Alvares terma jamoalarini yarim finalga olib chiqdi
Sport
Jahon chempionati finali uchun kurash tobora keskinlashmoqda: Angliya va Argentina chorak finaldan muvaffaqiyatli o‘tib, endi final yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahs olib boradi.
Angliya terma jamoasi Norvegiyani qo‘shimcha bo‘limlarda 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi bo‘lim oxirida Andreas Shelderup norveglarni hisobda oldinga olib chiqdi, biroq tanaffus arafasida Jud Bellingem muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda Angliya raqib bosimiga bardosh berdi, qo‘shimcha vaqtning 93-daqiqasida esa Bellingem darvozabon qaytargan to‘pni golga aylantirib, dubl muallifiga aylandi.
Ikkinchi chorak finalda Argentina Shveysariyani qo‘shimcha bo‘limlarda 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Aleksis Mak Allister hisobni ochdi, biroq Dan Ndoye ikkinchi bo‘limda javob golini urdi. Breel Emboloning ikkinchi sariq kartochka olib maydondan chetlatilishi uchrashuv burilish nuqtasiga aylandi. Son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan Argentina safida Xulian Alvares 112-daqiqada g‘alaba golini urdi, Lautaro Martines esa yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Endilikda yarim finalda Angliya va Argentina o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu bahs g‘olibi finalda Ispaniya yoki Fransiya bilan chempionlik uchun kurashadi.

Powered by Froala Editor