Binance tadqiqoti: moliyaviy savodxonlik va mahalliy to‘lovlar O‘zbekiston kripto bozorini rivojlantirishi mumkin

Iqtisodiyot

Moliyaviy savodxonlik, tushunarli mahsulotlar, mahalliy to‘lov yechimlari va tartibga solinadigan infratuzilmaga ishonch O‘zbekistonda kriptoaktivlar bozorini rivojlantirishning asosiy omillariga aylanishi mumkin. Bu xulosalar 2026-yil iyul–avgust oylarida mahalliy kripto hamjamiyatining 2 mingdan ortiq ishtirokchisi orasida o‘tkazilgan Binance tadqiqotida qayd etilgan.

Binance tadqiqoti: moliyaviy savodxonlik va mahalliy to‘lovlar O‘zbekiston kripto bozorini rivojlantirishi mumkin
Tadqiqotga ko‘ra, foydalanuvchilar raqamli aktivlar bilan tanish, biroq ulardan foydalanishda ehtiyotkor. Respondentlar qayd etgan to‘siqlarning 30,2 foizi bilim yetishmasligi, 21,9 foizi esa mablag‘ni yo‘qotish qo‘rquvi bilan bog‘liq. Demak, ko‘rsatilgan to‘siqlarning yarmidan ko‘pi mahsulotni tushunish va xatarlarni baholash bilan bog‘liq.

Foydalanuvchilar asosan mo‘tadil xavf darajasini tanlaydi: respondentlarning 82,9 foizi past yoki o‘rta xavfni ma’qul ko‘rgan, 12,3 foizi esa yuqori xavfni qabul qilishga tayyorligini bildirgan. Suhbatlarda xarid qilish va saqlash, spot savdo, steyblkoinlardan foydalanish va pul o‘tkazmalari tushunarli yo‘nalishlar sifatida qayd etilgan.

Taklif etilgan aktivlar orasida kriptovalyutalar eng jozibador bo‘lgan — ularni 51,4% ishtirokchi tanlagan. Oltin va kumush 18,3%, bank depozitlari va aksiyalar esa 10,4 foizdan ulush olgan.

Pul o‘tkazmalari ham muhim foydalanish yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Respondentlarning 10,9 foizi xalqaro pul o‘tkazmalarini kriptovalyutalardan foydalanishning asosiy variantlaridan biri deb ko‘rsatgan. Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonga kelib tushgan pul o‘tkazmalari mamlakat YaIMining 14,4 foizini tashkil etgan.

Ishtirokchilar bozor rivoji uchun O‘zbekiston bank kartalari va milliy to‘lov tizimlari orqali mablag‘ kiritish va yechib olish imkoniyatini ham muhim deb baholagan. Ishonch masalasida esa xizmatning O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiqligi asosiy omillardan biri sifatida ko‘rsatilgan.

Binance mamlakatda litsenziyaga ega CoinPay hamkori orqali tartibga solinadigan model asosida faoliyat yuritadi. Tadqiqotga ko‘ra, bozorning keyingi bosqichi kriptoaktivlarga bo‘lgan qiziqishdan ularni kundalik foydalanishga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing