Bir kunda 12 medal: O‘zbekiston terma jamoasining yorqin starti
Sport
O‘zbekistonning yosh dzyudochilari o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini ishonchli boshladi. Musobaqaning ilk kunidayoq terma jamoa 12 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida yetakchilar qatoridan joy oldi. Bu natija jamoaning yuqori tayyorgarligi va chempionlik uchun jiddiy da’vogarligini yana bir bor tasdiqladi.
Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medal qo‘lga kiritdi. Osiyo chempioni unvoniga Akbar Sharifov (-50 kg), Davlatbek Ahrorov (-60 kg), Akromjon Karimov (-66 kg), Iroda Sirojiddinova (-40 kg), Dilafruz Boltaboyeva (-44 kg) va Charos Hikmatova (-48 kg) sazovor bo‘ldi.
Bobur Yusupov (-55 kg) hamda Alina Kolyucheva (-44 kg) kumush medalni qo‘lga kiritdi. Mamurjon Abduvahobov (-50 kg), Abubakr Sattorov (-60 kg), Mohinur Olloberganova (-48 kg) va Kumushbibi Ergasheva (-52 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Muvaffaqiyatli start O‘zbekiston terma jamoasini musobaqaning ilk kunidayoq yetakchilar safiga olib chiqdi. Oldinda esa medal jamg‘armasini yanada boyitish imkoniyati mavjud.

Powered by Froala Editor