BlackRock va Franklin Resources UzNIFga 300 mln dollar investitsiya kiritmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekiston iqtisodiyoti global e’tirofning yangi darajasiga chiqmoqda: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) bir vaqtning o‘zida ikkita maydonchada — Toshkent va Londonda birlamchi ommaviy taklif (IPO) o‘tkazish rejalarini rasman tasdiqladi. Loyiha allaqachon dunyoning eng yirik investitsiya korporatsiyalari o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘ldi va ular respublika aktivlariga yuzlab million dollar sarmoya kiritishga tayyor.
O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi sotuvchi aksiyador sifatida ishtirok etib, “Toshkent” respublika fond birjasida oddiy aksiyalarni va London fond birjasida (LSE) global depozitar tilxatlarini (GDR) taklif etadi. Bozor uchun asosiy signal “langar” (anchor) investorlarning ishtiroki bo‘ldi: BlackRock, Franklin Resources va Redwheel kabi moliya gigantlari qariyb 300 million dollarlik qimmatli qog‘ozlarni sotib olish niyatini tasdiqladilar.
Joylashtirish jarayoni ikki transhga bo‘lingan: ichki (O‘zbekistonning chakana va institutsional investorlari uchun) va xalqaro (global o‘yinchilar uchun). Bitimni muvofiqlashtirish Jefferies International va Raiffeisen Bank kabi dunyoning yetakchi banklari tomonidan ta’minlanmoqda. Aksiyalarning yakuniy narxi va joylashtirish hajmi may oyining o‘rtalarida, talabnoma kitobi shakllantirilgandan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Xalqaro transh uchun 15 foizgacha qo‘shimcha joylashtirish opsioni ham ko‘zda tutilgan, bu esa o‘zbek aktivlariga kutilayotgan yuqori qiziqishdan dalolat beradi.

Powered by Froala Editor