Bloomberg: AQSh va Isroil G'azo sektoriga xalqaro kuchlarni joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda

Dunyo

Amerika Qo'shma Shtatlari va Isroil, agar Isroil armiyasi Falastinning HAMAS harakatini u yerdan siqib chiqara olsa, G'azo sektori kelajagi uchun uchta variantni ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

Bloomberg: AQSh va Isroil G'azo sektoriga xalqaro kuchlarni joylashtirish masalasini muhokama qilmoqda
Birinchi variant Yaqin Sharq mamlakatlari tomonidan G‘azo sektori ustidan vaqtinchalik nazorat o‘rnatishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, rejaga ko‘ra, anklavga AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya qo‘shinlari joylashtiriladi.

G‘azo kelajagi uchun ikkinchi variant anklavga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirishni nazarda tutadi. Agentlik taʼkidlashicha, Isroil rasmiylari bu gʻoyani “koʻrib chiqishga loyiq” deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, agentlik maʼlumotlariga koʻra, Gʻazo sektori ustidan vaqtinchalik nazorat BMT ixtiyoriga oʻtkazilishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing