Bloomberg: NATO Rossiya bilan mojaro yuz bergan taqdirda «G‘alaba nazariyasi»ni tayyorlamoqda
Dunyo
NATO Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy mojaro holatida harakat qilish strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bloomberg agentligi maxfiy bo‘lmagan hujjat bilan tanishgan manbalarga tayanib, «G‘alaba nazariyasi» deb nomlangan reja alyansning harbiy ustunligini saqlab qolish va ehtimoliy hujumni tezda qaytarishga qaratilganini xabar qildi.
Hujjatni NATOning Yevropadagi Birlashgan Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni, amerikalik general Aleksus Grinkevich tayyorlamoqda. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, u strategiyani 12 oktabr kuni Polshada taqdim etishi kerak. Hujjat NATO hududiga bostirib kirish yuz bergan taqdirda alyans qanday harakat qilishini tushuntirishga qaratilgan.
Grinkevich vakili polkovnik Martin O’Donnell hujjatning asosiy g‘oyasini quyidagicha izohladi: «Yevropadagi Birlashgan Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondonining G‘alaba nazariyasi oddiy: NATOning ustunligini saqlab qolish». Uning so‘zlariga ko‘ra, global xavfsizlik sohasidagi beqaror va murakkab vaziyat sharoitida alyans hozirdanoq ehtimoliy hujumni tiyib turish va zarurat tug‘ilganda g‘alaba qozonish uchun sharoit yaratishi kerak.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, ehtimoliy mojaro yuz bergan taqdirda NATO bostirib kirishni to‘xtatish uchun sharqiy qanotda joylashtirilgan quruqlik qo‘shinlari va boshqa vositalardan foydalanishni rejalashtirmoqda. Strategiyada, shuningdek, nisbatan arzon dronlar, ekipajning minimal ishtirokini talab qiladigan tizimlar va sun’iy intellektdan foydalanadigan nishonga yo‘naltirish vositalarini qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Harakatlanish erkinligiga erishilgach, alyans raqibning qo‘mondonlik va boshqaruv tizimlarini yo‘q qilishga e’tibor qaratishni, shu orqali uning kuchlarini tez va ustun tarzda mag‘lub etishni rejalashtirmoqda. Strategiyaning vazifalaridan biri ehtimoliy raqibga NATO mojaro uchun tayyor ekanini ko‘rsatish va alyans ustidan g‘alaba qozonishning imkonsizligiga ishontirishdan iborat.
Moskva Rossiyaning NATO davlatlariga hujum qilish rejalari borligi haqidagi bayonotlarni bir necha bor rad etgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Shimoliy Atlantika alyansi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaro Moskva manfaatlariga javob bermasligini bildirgan.
NATO Bosh kotibi Mark Ryutte avvalroq alyans Rossiya tomonidan NATO hududiga hujum tayyorlanayotganidan dalolat beruvchi belgilarni ko‘rmayotganini aytgan. Shu bilan birga, u Yevropa davlatlari ehtimoliy uzoq davom etadigan gibrid tahdidlarga tayyor turishi kerakligini ta’kidlagan.

Powered by Froala Editor