Bloomberg: Orban Floridada Tramp bilan uchrashadi

Dunyo

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Vashingtondagi NATO sammitidan keyin AQShning sobiq prezident Donald Tramp bilan uning Mar-a-Lagodagi (Florida shtati) uyida uchrashadi. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

Bloomberg: Orban Floridada Tramp bilan uchrashadi
O'tgan haftada Orban Ukrainadagi vaziyatni hal qilish yo'llarini izlash maqsadida bir necha xorijiy tashriflar qildi. 5-iyul kuni u Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tinchlik muzokaralarini boshlashning mumkin bo'lgan shartlarini muhokama qildi. Bundan uch kun oldin u Kiyevga tashrif buyurgan va u yerda bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashgan. Keyin Orban Pekinga tashrif buyurdi va u yerda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi. Bosh vazir tinchlikparvarlik missiyasini davom ettirish va buning uchun Vashingtonda NATO sammitida qolmoqchi ekanligini aytgandi.

Agentlik manbalaridan biri Trump Orbandan Rossiya va Ukraina o'rtasida biron bir tinchlik kelishuviga asos yaratishni so'ramaganligini ta'kidladi.

Bo'lajak uchrashuvning boshqa tafsilotlari oshkor etilmadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing