BMB Holding maxsulotlari Amerikaning COSTCO gipermarketlarida sotuvga chiqadi
Iqtisodiyot
Joriy yilning 2 mart kuni BMB Holding Kuzatuv Kengashi raisi Bekzod Mamatqulov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev amerikalik va italyan ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
HT HOLDING kompaniyasi Prezidenti Roberto Tuchchi, Ernst & Young Global Consulting kompaniyasining Italiyadagi hamkori va maslahatchisi Alessandro Mombelloni hamda AQSHning eng yirik gipermarketlar tarmoqlaridan biri bo‘lgan COSTCO kompaniyasi boshqaruv kengashi a’zosi Natale de Francheskolar yurtimizda bo‘lib turibdi.
Uchrashuvda, za’faron yetishtirish, xususan, za’farondan tayyorlangan, qo‘shilgan qiymatga ega, chuqur qayta ishlangan mahsulotlarimizni AQSH bozorlariga, xususan, COSTCO gipermarketlar tarmog‘iga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tez orada o‘zbek za’faroni, za’farondan tayyorlangan qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar, jumladan, za’faronli tomat pastasi va za’faronli achchiq sous, meva-sabzavotlar hamda poliz ekinlaridan tayyorlanadigan chuqur qayta ishlangan mahsulotlarni Amerika bozorlariga, xususan, COSTCO gipermarketlar tarmog‘iga yetkazib berishga kelishib olindi.

Powered by Froala Editor