BMB HOLDING va AIIB istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalarini muhokama qildi

Biznes

BMB HOLDING va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (AIIB) xoldingning istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari hamda hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi. Uchrashuv 13-oktabr kuni BMB HOLDING bosh direktorining o‘rinbosari Xayrulla Nabijonov, AIIBning Loyihalar va korporativ moliyalashtirish bo‘yicha global mijozlar departamenti bosh investitsiya mutaxassisi Dominic Richards hamda bank investitsiya mutaxassisi Shuhrat Xojiev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

BMB HOLDING va AIIB istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalarini muhokama qildi
Muloqotda BMB HOLDING ilgari surayotgan istiqbolli loyihalar, ularni moliyalashtirish imkoniyatlari va xalqaro moliya instituti bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar xoldingning biznes salohiyati va istiqbolli tashabbuslarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuvda moliyalashtirish mexanizmlari hamda xalqaro moliyaviy hamkorlikni kengaytirish yo‘llari muhokama qilindi.

Shuningdek, taklif etilayotgan tashabbuslarni har tomonlama o‘rganish, ularning iqtisodiy samaradorligini baholash va amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash masalalari ko‘rib chiqildi. Loyihalarni batafsil tahlil qilish va ularning salohiyatini baholash kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv doirasida BMB HOLDING Ta’sischilar kengashi raisining Xitoyga bo‘lajak tashrifi chog‘ida AIIB rahbariyati bilan muzokaralar tashkil etish imkoniyati ham muhokama qilindi. Bunday muloqot hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqish va investitsiya tashabbuslarini yanada puxta ishlab chiqish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishi mumkin.

Konstruktiv va ishbilarmonlik ruhida o‘tgan muzokaralar BMB HOLDINGning istiqbolli investitsiya loyihalarini xalqaro moliya institutlari ko‘magida amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

Tomonlar loyiha tashabbuslari va moliyalashtirish mexanizmlarini batafsil o‘rganish orqali o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Shu bilan birga, loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilingani haqida ma’lumot berilmadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing