BMB HOLDING va Xitoyning CNNC korporatsiyasi yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Biznes

BMB HOLDING xalqaro hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda. Xitoyning eng yirik davlat korporatsiyalaridan biri vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda qo‘shma investitsiya loyihalari, sanoat hamkorligi va O‘zbekiston mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish istiqbollari muhokama qilindi.

BMB HOLDING va Xitoyning CNNC korporatsiyasi yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi
14-iyul kuni BMB HOLDING Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti direktori Bobir Yaxyayev O‘zbekistondagi Geological Exploration Group kompaniyasi vakolatxonasi moliyaviy direktori Li Syaopin bilan uchrashdi. Mazkur kompaniya China National Nuclear Corporation (CNNC) tarkibiga kiradi.

Tomonlar sanoat, geologik qidiruv, infratuzilma va investitsiyalar sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda BMB HOLDINGning konsalting va ekspertlik salohiyatidan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xitoy delegatsiyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, qulay investitsiya muhiti va xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatini yuqori baholadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni kengaytirish, istiqbolli investitsiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing