BMB Holding Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Biznes

Joriy yilning 23-yanvar kuni Berlin shahrida BMB Holding kompaniyasi rahbariyati va Proto Global GmbH kompaniyasi Prezidenti Ziya Gaziyev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

BMB Holding Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Uchrashuv davomida BMB Holding tizimidagi BMB-OPERA Zafferano qo‘shma korxonaci tomonidan za’faron yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha erishilgan yutuq va natijalar, kelgusidagi aniq maqsad hamda rejalar bilan o‘rtoqlashildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda tabiiy (organik) usulda yetishtirilayotgan za’faron mahsulotini yetkazib berish va Proto Global GmbH kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan biologik faol ozuqaviy qo‘shimchalarda foydalanish orqali jahon bozoriga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Da IERVASI S.r.l. kompaniyasi Prezidenti Djuzeppe Kamastra bilan ham muzokaralar o‘tkazildi. Da IERVASI S.r.l. kompaniyasi Prezidenti bilan BMB Agro Plus korxonasi tomonidan chuqur qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa mamlakatlari, jumladan Germaniya va Italiya bozoriga yetkazib yerish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing