BMB Za'faron - Endi Xitoyda

Biznes

Mamlakatimizda milliy za'faronchilik rivojlangan sari, uning eksport geografiyasi ham kengayib bormoqda.

BMB Za'faron - Endi Xitoyda
Endilikda dunyodagi eng ko'p aholi soniga ega davlatlardan biri Xitoy ham Baxmal zaminda yetishtirilgan o'zbek za'faronini qabul qilishga tayyor. Bir necha yillik chuqur va tahliliy tekshiruvlardan keyin O'zbekiston va Xitoy idoralararo komissiyasi xulosasiga ko'ra, za'faron tegishli ruxsatnomaga ega bo'ldi.

Ma'lumot o'rnida: BMB Za'faron mahsuloti joriy yil boshida mintaqamizda birinchi bor o'zbek za'faroni Amerika bozorlariga kirishini ta'minlaydigan USDA Organic (AQSh Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ekologik sertifikat) sertifikatiga ega bo'lgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing