BMT O'zbekistonning xotin-qizlarga oid davlat siyosatini yuksak baholadi
Siyosat
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi shtab-kvartirasida bo'lib o'tgan BMTning Xotin-qizlar maqomi bo'yicha komissiyasining 69-sessiyasida ishtirok etdi.
Tadbirda BMTga a'zo mamlakatlarning hukumatlari, parlamentlari, xotin-qizlar, oila, ijtimoiy rivojlanish masalalari bo'yicha mas'ul vazirliklari rahbarlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari va xalqaro tuzilmalar vakillari qatnashdi.
"BMT-ayollar" tuzilmasi ijrochi direktori Sima Baxus ta'kidiga ko'ra, ba'zi global yutuqlarga qaramay, hali hech bir davlat gender tengligiga to'liq erishmaganligini qayd etdi.
Tashrif doirasida O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlarining ayollar huquqlarini kengaytirish tajribasiga bag'ishlangan brifing tashkil etildi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalari rahbarlari, BMT vakillari va xorijiy delegatsiyalar, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati ekspertlari ishtirok etdi.
O'zbekiston tomoni xotin-qizlarning ta'lim olishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi uchun shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari ham alohida ta'kidlandi. O'zbekiston muvaffaqiyatlari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng e'tirof etilayotgani, Jahon bankining gender tenglik indeksi bo'yicha jahonning jadal rivojlanayotgan yetakchi beshtaligiga, ochiq ma'lumotlar reytingi bo'yicha esa kuchli yigirmalikka kirishi yaqqol dalolat sifatida qayd etildi.
"BMT-ayollar" tuzilmasi direktori o'rinbosari Sandra Xendriksning aytishicha, O'zbekiston xotin-qizlarning mamlakat siyosiy hayotidagi rolini oshirish, 2024 yilda parlamentdagi 34,6 foiz vakillikni ta'minlash borasida ajoyib yutuqlarga erishdi. "Samarqandda birinchi Osiyo ayollar forumining o'tkazilishi butun mintaqada gender tengligi va xotin-qizlar huquqlarini kengaytirish yo'lida muhim qadam bo'ldi", dedi u.
"BMT-ayollar" tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Belen Sanz O'zbekiston va Qozog'iston delegatsiyalari tomonidan Toshkentning yangilangan tashqi siyosati tufayli vujudga kelgan "Markaziy Osiyoning yangi ruhi"ning ifodasi bo'lgan qo'shma tadbirning o'tkazilishini olqishladi. "Ushbu taraqqiyot siyosiy iroda va jamoaviy harakatni aks ettiradi va barcha ayollar va qizlar uchun adolatli va adolatli kelajakni qurish uchun hamkorlik barqarorligini namoyish etadi", dedi u.

Powered by Froala Editor