Kiyev Turkiya qirg‘oqlari yaqinida Rossiyaning “soya floti”dagi ikki tanker portlatilganini ma’lum qildi
Dunyo
Ukraina Xavfsizlik Xizmati (SBU) Rossiyaning “soya floti”ga mansub Kairos va Virat neft tankerlarini portlatish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “Interfaks-Ukraina” va “Suspiľne” manbaga tayanib xabar berdi.
Ukraina tomonining ma’lumotiga ko‘ra, hujum Sea Baby dengiz dronlari yordamida amalga oshirilgan. Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanksiyalarida bo‘lgan Kairos, shuningdek AQSh va YeI sanksiyalari ostidagi Virat tanjeri tanqidiy darajada shikastlangan va amalda ishdan chiqdi.
Manbaning aytishicha, operatsiyaning maqsadi — Rossiyaning urushni davom ettirish uchun moliyaviy imkoniyatlarini qisqartirish. Kiyev hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu tankerlar qariyb 70 million dollarlik neft tashishi mumkin bo‘lgan.
Turkiya manbalari ham avvalroq ikkita tanker zararlangani haqida xabar bergan edi. NTV telekanalining ma’lumotiga ko‘ra, Virat aynan dengiz dronlari tomonidan nishonga olingan.
Ukraina dronlari Kaspiy Truboprovod Konsortsiumi (KTK) novorossiyskiy terminaliga ham zarba bergan. Portlash vaqtida himoya tizimlari truboprovodni avtomatik tarzda yopgan va neft to‘kilishi yuz bermagan. Biroq terminalni bundan buyon ishlatishning imkoni yo‘qligi bildirildi. OAV Kairos tankerining aynan Novorossiysk tomon yo‘l olganini qayd etgan.
KTK — Rossiya, Qozog‘iston, AQSh va Yevropa davlatlarining qo‘shma loyihasi. Terminal orqali Qozog‘iston neftining asosiy eksporti amalga oshiriladi, lekin Rossiya xomashyosining bir qismi ham shu yo‘nalish orqali tashiladi.

Powered by Froala Editor