BMT sun’iy intellektni rivojlantirish uchun 3 mlrd dollarlik global fond taklif qildi
Texnologiya
BMT Bosh kotibi António Guterres sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha 3 milliard dollarlik global fond tashkil etishni taklif qildi. Mablag‘lar, avvalo, rivojlanayotgan mamlakatlarda texnologik salohiyatni oshirish va raqamli tafovutni kamaytirishga yo‘naltiriladi.
U bu tashabbusni Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan sun’iy intellektni rivojlantirish konferensiyasida ilgari surdi. Guterreshning ta’kidlashicha, fond mutaxassislar ko‘nikmalarini rivojlantirish, ma’lumotlar bazasini kengaytirish hamda hisoblash quvvatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Bosh kotib sun’iy intellekt inson salohiyatini kengaytirishi, uni almashtirmasligi kerakligini ta’kidlab, texnologiyalar xavfsiz va inklyuziv bo‘lishi zarurligini qayd etdi.
Bosh kotib sun’iy intellekt inson salohiyatini kengaytirishi, uni almashtirmasligi kerakligini ta’kidlab, texnologiyalar xavfsiz va inklyuziv bo‘lishi zarurligini qayd etdi.
Powered by Froala Editor